9 Fevral 2026
50
Zabelinskaya faxriylar oʻrtasida tengsiz, Sattorovada bronza
Saudiya Arabistonida oʻtayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz navbatdagi medallarni qoʻlga kiritishdi.
Yoshlar oʻrtasida kechgan guruh poygasi dasturida Gulhayo Sattorova marraga uchinchi boʻlib yetib keldi va bronza medaliga ega chiqdi. 45 yoshdan katta faxriylar oʻrtasida tashkil etilgan poygada oʻz omadini sinab koʻrgan Olga Zabelinskaya esa ikki yoʻnalishda oltin medalga sazovor boʻldi.