14 Yanvar 2026 194

Faxriylar yoshlar bilan muloqotda

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi tashabbusi bilan yoshlar uchun muntazam maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda. Navbatdagi bunday tadbir Samarqand viloyatida oʻzbek gimnastikasining taniqli namoyondasi Erkin Giyazov ishtirokida tashkil etildi.

Joriy yilda 89 yoshni qarshi oladigan sport fidoyisi safari davomida Samarqand hamda Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, gimnastikaga ixtisoslashgan sport maktablari, shuningdek, Samarqand shahri, Kattaqoʻrgʻon hamda Payariq tumanidagi sport taʼlim muassasalarida boʻldi.

Uchrashuvlar chogʻida u yosh sportchilar bilan muloqot qilib, oʻzining koʻp yillik tajribasi va qimmatli tavsiyalarini ulashdi.

Text to speech