8 Yanvar 2026 234

Velosportchilarimiz yilning ilk musobaqasini oltin medal bilan boshlashdi

Ayni kunlarda Malayziyaning Nilay shahrida velotrek boʻyicha “ASEAN TRACK SERIES” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Bugun turnirning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sergey Rostovsev oltin medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga omnium yoʻnalishida erishdi. Qayd etish joiz, ikki bosqichda tashkil etiladigan mazkur turnirda 6 nafar hamyurtimiz yangi murabbiylar Yoxan Donbush (Germaniya) hamda Olga Zabelinskaya qoʻl ostida qatnashishmoqda.

Text to speech