12 Mart 2026
29
Velosportchimiz “Tour of Antalya” musobaqasining ilk bosqichida sovrindor boʻldi
Bugun Turkiyada velosport boʻyicha “Tour of Antalya” koʻpkunlik turniri boshlandi. Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ilk bosqichdayoq sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
145,1 km masofada oʻtkazilgan bellashuvda hamyurtimiz Sergey Rostovsev marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi. Shuningdek, musobaqada terma jamoamiz aʼzolaridan Murodjon Xolmurodov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov hamda Diyor Tohirov ham ishtirok etishmoqda. Turnir 15-martga qadar davom etadi.