15 Mart 2026 31

Velosportchilarimiz “Tour of Antalya” musobaqasini gʻalaba bilan yakunlashdi

Velosport boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari “Tour of Antalya” koʻpkunlik musobaqasining soʻnggi kunini ham muvaffaqiyatli oʻtkazishdi. 142.5 km masofaga kechgan oxirgi bosqich hamyurtlarimiz uchun omadli oʻtdi.

Shiddatli bellashuvda Sergey Rostovsev marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtgan boʻlsa, boshqa bir poygachimiz Nikita Svetkov uchinchi natijani qayd etdi.

Text to speech