9 Yanvar 2026 190

Velosportchilarimiz “Asean track series” musobaqasini 4 ta medal bilan yakunlashdi

Malayziyaning Nilay shahrida velotrek boʻyicha “Asean track series” musobaqasining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

🥇 Oltin medal:
Sergey Rostovsev (omnium)
Sergey Rostovsev (skretch)
Sergey Rostovsev (elimineyshn)

🥉 Bronza medal:
Nafosat Koziyeva (elimineyshn)

Endi hamyurtlarimiz 10-11-yanvar kunlari mazkur shaharning oʻzida tashkil qilinadigan 2-bosqichda ham oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.

Text to speech