15 Mart 2026 28

Qit’a birinchiligida sovrindor boʻlgan suv polochilarimiz jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi

Malayziyada suv polosi boʻyicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston U18 qizlar jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Hamyurtlarimiz soʻnggi turda Singapur ustidan 20:4 ustida gʻalaba qozonib, yakunda bronza medaliga ega chiqishdi. Ahamiyatlisi, ushbu natija jamoamizga joriy yilning avgust oyida mazkur yosh toifasida Ispaniyada kechadigan jahon chempionati yoʻllanmasini ham taqdim qildi.

Text to speech