27 Yanvar 2026 412

“Olimpiya shaharchasi”da global antidoping boshqaruvini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro forum boshlandi

“Olimpiya shaharchasi”da “Global antidoping boshqaruvini mustahkamlash: uygʻunlashtirish, muvofiqlik va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forum oʻz ishini boshladi. Nufuzli tadbirda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Prezidenti Vitold Banka, Sport vazirligi hamda Milliy antidoping agentligi rahbariyati, shuningdek, xalqaro va mahalliy soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Forum Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining yangi binosi ochilishi bilan boshlandi. Uning davomida rasmiylar global sport tizimida antidoping siyosati, uning rivojlanishdagi oʻrni va ahamiyati xususida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar. Dasturga muvofiq, ishtirokchilarga “2027-yilgi Butunjahon antidoping kodeksi” taqdim etilishi, shuningdek, sportchilarni turli doping holatlariga tushib qolishining oldini olish, nazorat va monitoring jarayonlarida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha amaliy taqdimotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Text to speech