28 Yanvar 2026
209
Toshkentda jahon chempionati kubogining taqdimoti oʻtkazilmoqda
Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida futbol boʻyicha jahon chempionati kubogining tantanali taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, futbol jamoatchiligi va koʻp sonli muxlislar ishtirok etishdi.
Kubok taqdimotida 2006-yilgi jahon chempioni, italiyalik Marko Materassi ham ishtirok etdi. Maʼlumki, jahon chempionati kubogi anʼanaga muvofiq har mundial yili jahon turi doirasida koʻplab mamlakatlarga olib kelinadi. Joriy yildagi taqdimot esa milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgani bilan har qachongidan-da katta qiziqish va bayramona kayfiyatda oʻtmoqda.