10 Aprel 2026
254
Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi
Bugun poytaxtimizda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu yilgi bellashuvlarda dunyoning 39 mamlakatidan 150 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.
Mamlakat gimnastika federatsiyasining maʼlum qilishcha, bellashuvlarda Taxmina Ikromova hamda Lola Joʻrayeva yakkalik, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Amaliya Mamedova, Evelina Atalyans, Yasmina Mkrticheva, Yuliya Valevataya hamda Samira Ahmedova guruh mashqi dasturida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Reglamentga koʻra, bugun barcha yoʻnalishlarda saralash bahslari va kechki dasturda tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.