9 Yanvar 2026 332

RSTIAMda xorijlik professor ishtirokida seminar oʻtkazilmoqda

Terma jamoalarimizning tibbiy taʼminotini yanada takomillashtirish maqsadida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) qator yangi ilmiy-amaliy loyihalarni tatbiq etmoqda. Jumladan, ayni kunlarda markazda Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan tajribali neyroxirurg-vertebrolog, professor Andrey Baskov ishtirokida yangi dastur asosida ishlar olib borilmoqda.

Mutaxassisning ikki kunlik tashrifi davomida mahalliy shifokorlar bilan amaliy tajriba almashish, shuningdek, ayrim holatlarda kichik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Bugun bir qator sportchilar oʻzlarini bezovta qilayotgan turli sohalardagi jarohatlar boʻyicha qimmatli maslahat va tavsiyalarni oldilar.

Shuningdek, markaz hamda sport federatsiyalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar uchun seminar tashkil etildi. Unda sportchilar salomatligini tiklash, jarohatlarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish masalalari muhokama qilindi.

Rejaga muvofiq, ertaga RSTIAMda yaqinda faoliyat boshlagan yangi boʻlimda jarrohlik amaliyotlari boʻyicha mahorat saboqlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Text to speech