21 Fevral 2026 87

“Besh tashabbus Olimpiadasi va Paralimpiadasi”ning yangi mavsumiga start berildi

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da “Besh tashabbus Olimpiadasi va Paralimpiadasi” musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi. Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, boshqa mas’ul vazirlik va idoralar rahbariyati hamda minglab yoshlar ishtirok etishdi. Rasmiylar o‘z nutqlarida mazkur loyiha qisqa vaqt ichida yoshlar o‘rtasida keng ommalashib, ularning sevimli musobaqasiga aylanganini alohida qayd etdilar. Ta’kidlash joiz, musobaqalar orqali hududlardan asosiy terma jamoalarimizga raqobatbardosh koʻplab iqtidor egalari yetishib chiqmoqda. 2026-yilgi mavsum yanada keng qamrovli va qiziqarli bahslarga boy o‘tishi kutilmoqda.

Text to speech