17 Mart 2026
85
Yangiyoʻlda zamonaviy sport maktabi foydalanishga topshirildi
Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati, shuningdek, qator soha mutasaddilari ishtirok etishdi.
Yangiyoʻl shahar sport maktabi qayta taʼmirdan keyin zamonaviy infratuzilma va zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Endilikda ushbu hududda koʻplab ommaviy sport tadbirlari, viloyat va Respublika miqyosdagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyati mavjud.
Rasmiylar ushbu majmua mintaqada yoshlarni sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishini, shu bilan birgalikda ular uchun katta bayramga aylanganini alohida taʼkidlashdi.