13 Fevral 2026
247
Kurash boʻyicha mamlakat kubogi oʻtkazildi
Navoiyda kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi.
Bellashuvlar yakuniga koʻra, Toshkent shahri jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, kuchli uchlikdan mos ravishda Sirdaryo hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakillari oʻrin egalladilar.