14 Aprel 2026 259

Shaxmatchimiz Javohir Sindarov jahon toji uchun kurashadi

Kiprning Peyya shahrida shaxmat boʻyicha “Nomzodlar turniri” oʻtkazilmoqda. Ahamiyatlisi, musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida hamyurtimiz Javohir Sindarov muddatidan avval gʻalaba qozonib, bosh sovrinni naqd qildi.

Ushbu natija Sindarovga hindistonlik Gukesh (2025-yilgi jahon chempioni) bilan 2026-yilgi chempionlik uchun bahs olib borish imkoniyatini taqdim etadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi shaxmatchimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan qutlab, unga jahon toji uchun kurashda ham yorqin gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech