18 Mart 2026
57
Toshkentdagi Jahon kubogida qatnashuvchi qilichbozlarimiz nomi maʼlum
27-29-mart kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi ayollar oʻrtasida kechadigan ushbu musobaqada qatnashuvchi sportchilarimiz nomini maʼlum qildi.
Unga koʻra, Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibeva, Karina Kurbanova, Darina Babajanova, Salima Roʻziyeva, Bibioysha Husanboyeva hamda Samira Shokirova boʻlajak bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Dasturga koʻra, 27-28-mart kunlari yakkalik, 29-mart sanasida esa jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.