28 Fevral 2026
84
Sablyachi yigitlarimiz ham qitʼa birinchiligida kumush medalga ega chiqishdi
Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jakarta shahri (Indoneziya) mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida yana bir medalga sazovor boʻldi.
Sablya boʻyicha yigitlar oʻrtasida kechgan jamoaviy dasturda hamyurtlarimiz kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Saralashda Avstraliya va Gonkongni magʻlub etgan sportchilarimiz finalda Xitoyga imkoniyatni boy berib, shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy olishdi.