16 Aprel 2026 100

Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 3 ta medal bilan boshlashdi

Ordos shahrida (Xitoy) dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Yengil vazn toifasida kechgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

🥈 Kumush medal:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Qadamboyeva

🥉 Bronza medal:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov

Text to speech