25 Dekabr 2025
312
“Uzbekistan Global Tour” musobaqasining soʻnggi bosqichi yakunlandi
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida konkur boʻyicha “Uzbekistan Global Tour” musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Qiziqarli bellashuvlarda gʻalaba qozongan sportchilar roʻyxati bilan tanishing:
“A“ toifasi, 140 sm (toʻsiq balandligi): Dilshod Shokirov (“Alonso 43”, laqabli otda)
“D“ toifasi, 125 sm: Bahromjon Gaziyev (“Lady”)
“B“ toifasi, 120 sm: Firdavsbek Davronbekov (“Vailant II”)
“C“ toifasi, 110 sm: Saidli Shukurov (“Leffe”)
“E” toifasi, 105 sm: Angelina Pastuxova (“Irving”)
“F” toifasi, 90 sm: Robiya Kazimova (“Bagi”)