14 Fevral 2026 90

Toshkent ilk bor velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi boshqaruv kengashi yangi Olimpiya davridagi yirik musobaqalarning mezbonlarini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent 2028-yil trek yoʻnalisbi bo‘yicha qit’a birinchiligini qabul qiladi.

Musobaqa Olimpiya shaharchasidagi velotrek majmuasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Qit’a birinchiligi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Text to speech