25 Yanvar 2026
192
Xalqaro tashkilotlar rahbariyatining poytaxtimizga kelishi davom etadi
Toshkentga Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka hamda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining Xalqaro aloqalar, Olimpiya birdamligi va Olympism365 loyihasi boʻyicha direktori Jeyms Makleod tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ mas’ullari kutib oldi.
Maʼlumot uchun, 26-yanvar kuni Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi, 26–27-yanvar kunlari esa antidoping sohasiga oid xalqaro forumlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.