23 Aprel 2026 131

Toshkent dzyudo boʻyicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 22-25-oktyabr kunlari Amman (Iordaniya) shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi belgilangan edi. Biroq mintaqadagi vaziyat sabab mazkur musobaqa Oʻzbekiston poytaxtiga koʻchirildi. Bu haqida Xalqaro dzyudo federatsiyasi ma’lum qildi.

Unga koʻra, 19-22-noyabr kunlari Toshkent dunyoning eng kuchli yosh dzyudochilarini oʻzida qabul qiladi. Bahslar yakkalik va aralash jamoaviy yoʻnalishlarda tashkil etiladi.

Text to speech