8 Yanvar 2026 192

Poytaxtimizda oʻtadigan xalqaro sport anjumanlariga tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqildi

Bugun Sport vazirligida 24–27-yanvar kunlari poytaxtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro sport tadbirlariga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

26-yanvar kuni eng asosiy tadbir – Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi, shuningdek, uning doirasida Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Ijroiya qoʻmitasi va Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) Kengashi yigʻilishlari boʻlib oʻtadi.

Tadbir vazir oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligida oʻtkazilib, unda kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida xorijiy va faxriy mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, transport-logistika, translyatsiya hamda tashkiliy masalalar muhokama qilinib, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Text to speech