15 Yanvar 2026
191
Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi
Bugun poytaxtimizda boks boʻyicha erkaklar va yollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati start oldi. 22-yanvarga qadar davom etadigan musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 278 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Rejaga koʻra, 15-19-yanvar kunlari saralash janglari, 21-22-yanvarda esa mos ravishda yarim final va final bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Musobaqa “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilmoqda.