8 Aprel 2026 74

Ot yoʻrttirish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

5-7-aprel kunlari poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot yoʻrttirish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Yurtimizning eng kuchli chavandozlari oʻrtasidagi bellashuvlarni Xalqaro ot sporti federatsiyadan jalb etilgan ikki nafar 4* toifasidagi hakam baholab bordi.

Musobaqa yakuniga koʻra, Alina Shevsova “Zamperoni” va “Nosito De Myuz” laqabli otlarida kattalar oʻrtasidagi asosiy ikki yoʻnalishda gʻalaba qozondi. “С” toifasidagi bellashuvlarda esa Kseniya Raxmatullayeva “May Kvik Eps Dji” oti bilan zafar quchdi.

Text to speech