21 Aprel 2026
257
OOK Ijroiya qoʻmitasining 109-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Xitoyning Sanya shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qoʻmitasining 109-yigʻilishi oʻtkazildi. Unda OOK vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.
Sanya-2026 Osiyo sohil oʻyinlari arafasida tashkil qilingan mazkur yigʻilishda boʻlajak musobaqaga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan hozirlik yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi. Shu bilan birga, OOKning turli boʻlimlari hisobotlari tinglanib, 2030-yilgi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlariga mezbonlikka nomzod davlatlarning takliflari koʻrib chiqildi.