26 Yanvar 2026 74

Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya byurosining 106-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya byurosining 106-yigʻilishi oʻtkazildi. Unda tashkilot faoliyatiga oid dolzarb masalalar, shu jumladan, ertaga boʻlib oʻtadigan OOKning 46-Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida Bosh Assambleya kun tartibi, tashkiliy masalalar va tadbirni yuqori saviyada oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrib chiqildi. Shuningdek, barcha yoʻnalishlar boʻyicha muvofiqlashtirish ishlari taʼminlanib, belgilangan rejalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Text to speech