10 Aprel 2026
94
Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Maʼlum qilganimizdek, Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi boshlandi. Bugun musobaqaning ochilish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Xalqaro gimnastika federatsiyasi, Sport vazirligi, MOQ, mamlakat gimnastika federatsiyasi rasmiylari va koʻp sonli gimnastika ixlosmandlari ishtirok etishdi. Unda soʻz olgan rasmiylar bu yilgi bellashuvlar yuqori saviyada oʻtkazilayotgani, yurtimizda ushbu sport rivoji xususida fikr bildirishdi.
Marosim yakuniga yetgach, bugungi kun dasturidan oʻrin olgan saralash bellashuvlariga navbat berildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqada 39 mamlakatdan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.