Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Prezident Qarorining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunning asosiy yoʻnalishlari hamda uning amaliyotdagi ahamiyati xususida atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va soha mutaxassislari, tadbirkorlar ishtirok etib, qonunning jismoniy tarbiya va sport tizimini yanada rivojlantirishdagi oʻrni haqida fikr bildirishdi. Shuningdek, sport infratuzilmasini takomillashtirish, aholi oʻrtasida ommaviy sportni keng targʻib qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Mutasaddilar qonunning ijrosini taʼminlash, sohada ochiqlik va samaradorlikni oshirish boʻyicha rejalar bilan oʻrtoqlashdilar.