Oʻzbekiston regbi federatsiyasining yillik hisobot konferensiyasi oʻtkazildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining majlislar zalida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev raisligida oʻtgan konferensiyada Sport vazirligi va MOQ rahbariyati hamda boshqa mas’ul tashkilotlarning vakillari qatnashdi.
Konferensiya davomida masʼul shaxslarning dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha hisobotlari tinglandi. Qolaversa, regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatlari, terma jamoalarning uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishlarini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Oʻzbekiston regbi federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.