25 Yanvar 2026
603
Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy Toshkentga tashrif buyurdi
Poytaxtimizda oʻtkaziladigan Osiyo Olimpiya kengashi 46-Bosh Assambleyasining faxriy mehmonlaridan biri – Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (ANOC) raisining birinchi oʻrinbosari, Qatar Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy Toshkentga yetib keldi.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati kutib oldi.
Maʼlumot uchun, Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida tashkilot rahbarligi uchun oʻtkaziladigan saylovda yagona nomzod sifatida koʻrsatilgan.