9 Aprel 2026 168

Bugun ikki nafar bokschimiz chempionlik uchun ringga koʻtariladi

Bugundan Moʻgʻulistonda oʻtayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida final janglari boshlanadi. Dastlabki kun doirasida Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar aʼzosi qitʼa chempionligi uchun jang qiladi. Juftliklar:

-75 kg: Aziza Zokirova (Oʻzbekiston) – Bao Szi (Xitoy)
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva (Oʻzbekiston) – Nadejda Ryabes (Qozogʻiston)

Text to speech