22 Aprel 2026 184

Sanya-2026: Oʻzbekiston MOQ rahbariyati sportchilarimiz bilan uchrashib, ularga omad tiladi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Sanya-2026 VI Osiyo sohil oʻyinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan uchrashdi. Rasmiylar Sanya shahridagi Atletlar shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida sportchilar bilan muloqot oʻtkazilib, ularning tayyorgarligi va holati haqida suhbatlashildi. Uchrashuvda MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov atletlarimizga boʻlajak bahslarda omad tiladi. Eslatib oʻtamiz, bugun Sanya-2026 Osiyo sohil oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. 30-aprelga qadar davom etadigan musobaqalarda hamyurtlarimiz ochiq dengizda suzish, sohil yengil atletikasi hamda sohil voleyboli kabi sport turlarida ishtirok etishadi.

Text to speech