26 Aprel 2026 871

Sanya-2026: Barnoxon Sayfullayeva oltin medalni qoʻlga kiritdi

Xitoyning Sanya shahrida tashkil etilayotgan VI Osiyo sohil oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi oltin medalga sazovor boʻldi. Sohil yengil atletikasi bahslarida ishtirok etgan Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Hamyurtimiz musobaqada 1.85 metr natija qayd etishga erishdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar 1.83 metrga sakragan xitoylik atletlarga nasib etdi.

Text to speech