13 Aprel 2026
443
Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Qashqadaryoga tashrif buyurdi
Sport vazirligi va MOQ rahbariyati Qashqadaryo viloyatida ommaviy sport rivojini kuchaytirish, hududdagi sport infratuzilmasining bugungi holatini oʻrganish maqsadida Qarshi shahriga yetib keldi.
Dastavval, viloyat hokimi Murodjon Azimov hamda taniqli sportchilar, federatsiyalar mas’ullari ishtirokida Prezidentimiz raisligida oʻtgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.