14 Fevral 2026 81

Sport sohasiga xususiy sektorni jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi

Sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, bu orqali zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kuzatuv kengashining raisi Zafar Xoshimov, “Click” kompaniyasi rahbariyatidan Akmal Mahmudov hamda O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi Bosh kotibi, Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Sattorov bilan mazkur masalalarni muhokama qildi.

Suhbatda hamkorlik istiqbollari va sport loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda buning uchun yangicha tizim ishlab chiqish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Uchrashuv davomida xususiy sektor tajribasini sport menejmentiga tatbiq etish, shaffof va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish, shuningdek, innovatsion yechimlar orqali sohaning barqaror rivojini taʼminlash yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Text to speech