24 Aprel 2026 114

Ishchi guruh Baxmal va Gʻallaorol tumanlariga tashrif buyurdi

Rasmiylar tumanlardagi sport maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Ushbu muassasalar faoliyati tahlil qilinib, Baxmalda gandbol bilan shugʻullanayotgan yosh sportchilar bilan suhbatlashildi. Qolaversa, tajribali sportchilar tomonidan yoshlar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi.

Shuningdek, hududlardagi umumta’lim maktablarida oʻquvchilari va imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan “Besh tashabbus Olimpiadasi” bellashuvlarining oʻtkazilish jarayoni ham koʻzdan kechirildi.

Text to speech