26 Fevral 2026 163

Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasiga qurʼa tashlandi

Ertaga poytaxtimizda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Anʼanaga muvofiq, bugun Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) va mezbon davlat masʼullari ishtirokida qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov ishtirok etishdi. Unda soʻz olgan Odil Qalandarovich davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sport turlari, xususan, dzyudo rivoji yoʻlida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Shundan soʻng barcha vazn toifalari uchun qurʼa tashlandi. Uning natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Text to speech