9 Aprel 2026
326
World taekvondo Prezidenti Chungvon Choi kutib olindi
12-17-aprel kunlari poytaxtimizda taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati tashkil etiladi. Mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan ushbu musobaqani kuzatib borish uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasi (World taekwondo) Prezidenti Chungvon Choi Toshkentga yetib keldi.
Janob Choini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi rahbariyati kutib oldi.