25 Yanvar 2026 152

Oʻtkirbek Haydarovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek boksining yaqin oʻtmishdagi yulduzlaridan biri, Afina-2004 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori, jahon chempioni, “Mehnat shuhrati” hamda “El-yurt hurmati” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Oʻtkirbek Haydarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olmimpiya qoʻmitasi Oʻtkirbek Abdujalilovichni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech