28 Mart 2026
51
Abdullo Tangriyev 45 yoshda!
Bugun oʻzbek dzyudosining yorqin vakillaridan biri, Pekin-2008 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi, mutlaq vazn toifasida jahon chempioni, Osiyo oʻyinlarining koʻp karra sovrindori va 5 karra qitʼa chempioni, shuningdek, “Shuhrat” medali, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Abdullo Tangriyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi dzyudochimizni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.