18 Yanvar 2026
103
Polina Kudermetova Avstraliya ochiq chempionatini gʻalaba bilan boshladi
Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari Avstraliya ochiq chempionatida qatnashayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Bugun asosiy bosqichning 1-davrasiga start berildi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Polina Kudermetova ispaniyalik raqibasini 2 setda qiyinchiliksiz magʻlub etdi.
Polina Kudermetova – Guyomar De Reales (Ispaniya) 6:2 / 6:3
Ertaga Kamilla Rahimova amerikalik Kori Gauffga qarshi kortga chiqadi.