27 Dekabr 2025
208
Oʻzbek futzalida yil yakunlariga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi
Bugun “Futsal Awards-2025” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek futzalida yil davomida yorqin oʻyin namoyish etgan sportchilar, shuningdek, samarali faoliyat olib borgan murabbiy va boshqa soha mutaxassislari taqdirlanishdi.
Mazkur marosimda MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi. Rasmiylar klub va terma jamoalar kesimida oʻzbek futzali oʻsib borayotgani haqida gapirib, barcha mutaxassislarga yangi yilda ham omad va zafarlar tilashdi.