25 Dekabr 2025
400
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasida yil sarhisobi boʻlib oʻtdi
Poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining yil sarhisobiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar va Sport vazirliklari, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, yil davomida yuqori natijalar qayd etgan sportchilar va mutaxassislar taqdirlanishdi.
Marosim avvalida soʻzga chiqqan rasmiylar yakuniga yetib borayotgan yil oʻzbek voleyboli uchun omadli va yorqin voqealarga boy boʻlganini taʼkidlashdi. Xususan, mamlakatimizda voleybol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yuqori saviyada tashkil etilganiga alohida toʻxtalib, yangi yilda federatsiya va terma jamoalarimizga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.