12 Dekabr 2025
91
“Ferrari” piloti Sharl Lekler Toshkentda
“Formula-1” olamining eng mashhur pilotlaridan biri, “Ferrari” jamoasining monakolik poygachisi Sharl Lekler Toshkentga yetib keldi. Mehmonni MOQ rahbariyati Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.
Eslatib oʻtamiz, bugun poytaxtimizda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimi oʻtkaziladi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning yetakchi avtomobil sporti jamoalari va vakillari Oʻzbekistonda jamlanadi.