27 Dekabr 2025 196

Bayram oldidan bir guruh sport faxriylariga sovgʻalar ulashildi

Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi hamda homiylar hamkorligida kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizda olimpiya harakati, jismoniy tarbiya va sport rivojiga katta hissa qo‘shgan 50 nafardan ortiq sport faxriylariga pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, Kengash tomonidan yolg‘iz istiqomat qilayotgan, yoshi ulug‘ sport faxriylari xonadoniga borilib, ular holidan xabar olindi va moddiy rag‘batlantirildi.

Taqdirlangan sport faxriylari orasida eng 97 yoshli futbol faxriysi Yevgeniy Valitskiy bo‘lsa, 95 yoshli sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Zinaida Bondarenko, 92 yoshli velosport faxriysi Manuel To‘ychiyev kabi nomlarni ham uchratish mumkin.

Mazkur tashabbus sport faxriylariga bo‘lgan yuksak eʼtibor va hurmatning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Text to speech