14 Fevral 2026 39

Jizzaxlik faol ayol murabbiylar Oʻzbekiston MOQda boʻlishdi

Oʻz hududlarida samarali faoliyati bilan ibrat boʻlib kelayotgan ayol murabbiylarni ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun yangi loyiha tatbiq etilmoqda. Ayni paytda Jizzax viloyatidagi ana shunday faol murabbiylar Toshkent shahrida boʻlib turishibdi.

Safar davomida mutaxassislar Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga tashrif buyurishdi. Qoʻmita xodimlari ularga mamlakatimizda Olimpiya harakatining rivojlanishi, oʻzbek sportining boy tarixi hamda bugungi rivoji haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Text to speech