25 Mart 2026
54
Akbar Joʻrayev nomidagi ogʻir atletika sport maktabi ochildi
Bugun Boʻstonliq tumanida Akbar Joʻrayev nomidagi ogʻir atletika sport maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda sport jamoatchiligi va qator tashkilotlar rahbariyati ishtirok etib, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi yordamida barpo etilgan ushbu inshoot kelgusida yangi iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularni xalqaro maydonga tayyorlashda xizmat qilishini taʼkidladi.
Majmuada mashgʻulotlar zali, murabbiylar va tibbiyot xonasi, yotoqxona, oshxona, kichik stadion va boshqa kerakli qismlar mavjud.
Rasmiylar Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qurilgan ushbu inshoot kelgusida Akbar Joʻrayevdek oʻzbek sportining yangi yulduzlari yetishib chiqishida xizmat qilishini bildirishdi.