10 Mart 2026 35

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum

Avstraliyada oʻtkazilayotgan futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Oʻzbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi. “B” guruhida uchinchi oʻrin bilan ushbu bosqichga yoʻl olgan qizlarimiz unda “A” guruhining gʻolibi Janubiy Koreya bilan toʻqnash keladi.

Boʻlajak bahs 14-mart kuni Sidney shahrida tashkil etiladi. Qayd etish joiz, mazkur bellashuv gʻolibi kelasi yil Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasiga ega boʻladi. Imkoniyatni boy bergan jamoa esa mundial yoʻllanmasi uchun chorak finalning boshqa bir juftligida magʻlub boʻlgan ishtirokchi bilan kurash olib boradi.

Text to speech