24 May 2026
53
Gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogini 10 ta medal bilan yakunlashdi
Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning bugungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
🥇 Oltin medal:
Alisher Boysarov (turnik)
🥈 Kumush medal:
Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
Dildora Aripova (erkin mashq)
🥉 Bronza medal:
Dildora Aripova (to‘sin)
Soliha Tursunboyeva (erkin mashq)
Shu tariqa, sportchilarimiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.